
Taniqli hujumchi Robert Levandovski kelasi mavsumda ham kataloniyalik «Barselona»da qolishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi. Manbaga ko'ra, 37 yoshli futbolchi manfaatlarini himoya qilayotgan agent Pini Zahavi «ko'k-anorranglilar» bilan o'z mijozining kelajagi bo'yicha muzokaralar olib boradi.
Levandovskining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. Kataloniyaliklar yulduz hujumchiga bir yillik yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Robertning o'zi ham, bir qator Yevropa klublarining qiziqishiga qaramay, «Barselona»da qolishga qarshi emas. Joriy Ispaniya chempionatida Levandovski 25 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0