
"Lion" klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka jamoaning markaziy hujumchisi Endrikka nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlari yuzasidan izoh berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Yaqinda mutaxassis braziliyalik forvardning "Anje"ga qarshi o'yindagi chiqishidan noroziligini bildirgan edi. Biroq, murabbiyning ta'kidlashicha, bunday yondashuv strategik maqsadlarni ko'zlagan.
"Murabbiy futbolchilarning reaksiyasini uyg'otish uchun tegishli strategiyani topishi kerak va men aynan shuni amalga oshirdim. Men uni rag'batlantirish va qat'iyatini oshirish uchun tanqid qildim, natijada kutilgan natijani ko'rdim.
Biz bu masala yuzasidan suhbatlashdik. Endrik juda yosh futbolchi va uning xarakteri menga juda yoqadi", — deb ta'kidladi Fonseka Goal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Endrik "Lion" tarkibida ijara asosida to'p surmoqda va joriy mavsum yakunlangach, Madridning "Real" klubiga qaytishi kutilmoqda. Braziliyalik hujumchi Fransiya klubi safida 16 ta o'yinda ishtirok etib, oltita gol urgan hamda oltaninga assistlegan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0