
"Google" kompaniyasi "Android 17" ning to'rtinchi beta versiyasini foydalanuvchilarga taqdim etdi. Ushbu yangilanish rasmiy chiqarilishdan oldin o'tkaziladigan so'nggi sinov versiyasi sifatida baholanyapti. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, yangi operatsion tizimning barqaror versiyasi 2026 yilning may yoki iyun oylarida foydalanishga taqdim etiladi.
Ushbu beta-versiyada yangi, yashirin "Easter egg" menyusi paydo bo'ldi. Ushbu menyuni faollashtirish uchun telefon sozlamalariga kirish, "Telefon haqida" bo'limini tanlash va "Android versiyasi" ustiga bir necha marta bosish kerak. Bu harakat yulduzlarni birlashtiruvchi bir qator harakatlarni bajarishga olib keladi.
Natijada "Android 17" logotipi ko'rinadi va foydalanuvchi "Android 16" mavzusidagi mini-o'yinga yo'naltiriladi. Ushbu yangilanish "Pixel 6" va "Pixel 6 Pro" modellaridan boshlab, barcha "Google Pixel" smartfonlarida o'rnatilishi mumkin.
Beta 4 build’i qurilmalarning ishlashini yanada takomillashtirishga qaratilganini ta’kidlash lozim. Ushbu yangilanish orqali "Google" foydalanuvchilarga yanada barqaror va qulay operatsion tizimni taqdim etishga umid qilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0