Google Chrome’da yangi funksiyalar: vertikal tablar va takomillashtirilgan o‘qish rejimi

0
Google Chrome’da yangi funksiyalar: vertikal tablar va takomillashtirilgan o‘qish rejimi
Google Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun yangi funksiyalarni taqdim etdi: vertikal tablar va takomillashtirilgan o‘qish rejimi. Ushbu yangiliklar brauzerda ochiq sahifalarni boshqarish va kontentni o‘qish jarayonini yanada qulaylashtirishga mo‘ljallangan. Xorijiy OAV xabar berishicha, yangilanish allaqachon foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda.

Endilikda Chrome foydalanuvchilari tablarni odatiy joylashuvidan o‘zgartirib, ularni brauzer oynasining yon paneliga ko‘chirish imkoniyatiga ega. Vertikal tablar rejimini faollashtirish uchun kontekst menyudan tegishli opsiyani tanlash kerak. Ushbu funksiya, ayniqsa, bir vaqtning o‘zida ko‘plab sahifalar bilan ishlaydiganlar uchun qulay bo‘lib, veb-sayt sarlavhalarini to‘liq ko‘rinishda taqdim etadi va navigatsiyani osonlashtiradi.

Shu bilan birga, Google o‘qish rejimini ham yangiladi. Yangi versiyada bu rejim ortiqcha interfeys elementlari va uchinchi tomon bloklarini yashiradigan to‘liq ekran formatiga ega. Bu esa maqolani hech qanday chalg‘ituvchi detallarsiz, toza matn ko‘rinishida o‘qish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar har qanday maqolani o‘qish rejimida ochish uchun sahifaga o‘ng tugmani bosish kifoya. Dasturchilarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar kontent bilan o‘zaro aloqani yaxshilash va uzoq muddatli o‘qish seanslari davomida qulaylikni oshirishga qaratilgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari