
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2022 yil 31 oktyabrdagi sud buyrug‘iga binoan, qarzdor X. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
A. zimmasiga undiruvchi M.
D. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.
Biroq belgilangan sud qarori ijrosini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan. Qarzdor o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani oqibatida 116 million so‘m miqdorida aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi boshlangan. Qonunchilikda aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.
Hozirgi vaqtda ushbu qarzdorlikni qoplash va voyaga yetmagan farzandlar huquqlarini himoya qilish maqsadida majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda. Fuqarolardan sud hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish hamda farzandlar ta’minotiga befarq bo‘lmaslik so‘raladi.
Ushbu masala bo‘yicha surishtiruv jarayonlari yakunlangach, qonuniy qaror qabul qilinadi.






Izohlar
0