
Microsoft kompaniyasi "Windows 11" operatsion tizimining "Pusk" menyusini yangilash ustida ishlamoqda. Xorijiy OAV xabar berishicha, bu yangilanish tizimning mazkur qismiga sezilarli o'zgarishlar olib keladi. Yangi versiya tashqi ko'rinishida o'zgarishlar bo'lmasada, foydalanuvchilar uchun sozlash imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi.
Yangi "Pusk" menyusi foydalanuvchilarga menyu hajmini o'z xohishlariga mos ravishda kichik yoki katta qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tavsiyalar lentasi va barcha o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini yoqish yoki o'chirish kabi funksiyalar ham mavjud bo'ladi. Hozirgi kunda menyu o'lchamini tizim avtomatik ravishda aniqlaydi, yangilanishdan so'ng bu imkoniyat foydalanuvchiga beriladi.
Dasturchilar menyuning tezkorligini yaxshilashga ham e'tibor qaratishdi. Yangilangan "Pusk" menyusi tizimga katta yuklama tushganda ham barqaror ishlaydi va tezroq javob beradi. Ushbu o'zgarishlar foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Umumiy olganda, "Windows 11" ning "Pusk" menyusidagi ushbu yangilanishlar foydalanuvchilarga ko'proq moslashuvchanlik va qulaylik imkoniyatini beradi. Ushbu o'zgarishlar operatsion tizimning umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0