Edge brauzeri YouTube videolarini fonda chalish imkoniyatini taqdim etdi

Jasur Islomov1 daqiqalik o'qish

Edge brauzeri YouTube videolarini fonda chalish imkoniyatini taqdim etdi
Microsoft Edge brauzerining mobil versiyasida YouTube videolarini fonda tinglash imkoniyati paydo bo'ldi. Ushbu funksiya dastlab brauzerning eksperimental versiyasi – Edge Canary’da sinovdan o'tdi. Endi foydalanuvchilar boshqa sahifalarga o'tsa ham, smartfon ekranini qulflasa ham, video tovushi uzilib qolmaydi.

Yangi imkoniyat bilan bir qator, brauzerda vkladkalar uchun tovush ko'rsatkichlari ham paydo bo'ldi. Bu, qaysi vkladkada audio yoki video ijro etilayotganini aniqlashga yordam beradi. Foydalanuvchilar kontekst menyu orqali har bir sayt uchun tovushni boshqarishi mumkin.

Avvalroq YouTube platformasi, pullik obunachilar sonini ko'paytirish maqsadida, boshqa brauzerlarda fonda video tomosha qilish imkoniyatini cheklagan edi. Microsoft bu cheklovga yechim topdi va foydalanuvchilarga qulaylik yaratdi.

Aytish kerakki, bu yangilik YouTube Premium obunasi narxining oshganidan so'ng ayniqsa foydali bo'ladi. Ushbu funksiya YouTube Premium obunasiga bo'lmagan foydalanuvchilar uchun qulay alternativalardan biri bo'lishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish