
Apple kompaniyasi kundalik ishlar uchun mo'ljallangan va narxi arzon bo'lgan Mac Neo nomli mini-kompyuter ustida ishlamoqchi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, bu qurilma hozirgi Mac mini'ga arzonroq alternativa sifatida yaratilmoqda. Yangi kompyuter iPhone 17 Pro smartfonlarida ishlatiladigan Apple A19 Pro chipi va 12 GB operativ xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Narxni pasaytirish maqsadida, Mac Neo korpusi Apple TV 4K ga o'xshash o'lchamdagi kumushrang plastikdan yasalishi mumkin. Ushbu mini-kompyuterda 10 Gbps tezlikka ega bo'lgan ikki dona USB-C porti mavjud bo'ladi, energiya sarfi esa taxminan 35 vattni tashkil etadi. Mac Neo'ning narxi 2 299 yuan atrofida bo'lishi mumkin, bu esa uni M-seriyali Mac mini'dan sezilarli darajada arzonroq qiladi.
Kompaniya kelgusi yili Mac Neo liniyasini MacBook Neo 2 modeli bilan kengaytirish rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalmoqda. Ushbu yangi model ham A19 Pro chipi va 12 GB operativ xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda. Bu esa Apple'ning ko'proq iste'molchilarga arzon narxdagi mahsulotlarni taqdim etish strategiyasining bir qismi bo'lishi mumkin.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0