
Toyota Motor Corporation 12 aprel kuni yangi odamsimon basketbolchi robotini – CUE7 modelini taqdim etdi. Xorijiy OAV xabar berishicha, ushbu qurilma so‘nggi uch yil davomida birinchi marta keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. 219 santimetr balandlikdagi robot ikki g‘ildirakli harakat platformasi va basketbol to‘pini aniq uloqtirish imkonini beruvchi manipulyatorlar bilan jihozlangan.
Tokio shahrida o‘tkazilgan namoyish o‘yinida CUE7 to‘pni muvaffaqiyatli savatga tashladi. Ushbu yangi avlod robotning asosiy farqi sun’iy intellekt texnologiyasi – mustahkamlovchi o‘qitish (reinforcement learning)dan foydalanishidir. Avvalgi modellar dasturlangan holda ishlasa, CUE7 AI orqali o‘z tajribasi asosida to‘p uloqtirishni o‘rganadi.
Muhandislar robotning dizaynini ham takomillashtirishgan: to‘rt g‘ildirakdan ikki g‘ildirakka o‘tilgan, bu esa og‘irlikni 40 foizga kamaytirishga imkon berdi – hozirda robotning og‘irligi 74 kilogrammni tashkil etadi. CUE7 lidar sensori, stereoskopik kamera va aniqlik datchiklari bilan jihozlangan bo‘lib, Toyota poyga avtomobillarida ishlatiladigan batareyalar bilan ishlaydi.
CUE loyihasi 2017 yildan beri rivojlanib kelayotganini eslatish joiz. Oldingi CUE3 modeli 2020 ta ketma-ket aniq otish rekordi bilan, CUE6 esa 24,55 metr masofadan aniq zarba berish natijasi bilan diqqat qozongan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0