
"GAC Group" avtomobil kompaniyasining inkubatori hisoblangan "Greater Bay Technology" startapi yangi avlod qattiq holatli batareyalarining namunaviy prototipini yaratdi. Ushbu batareyalar xavfsizlik, energiya zichligi va zaryadlanish tezligi ko'rsatkichlari bo'yicha muhim yutuqlarga erishganligi haqida xabar qilinmoqda. Kompaniya mutaxassislari organik va anorganik materiallarni jamlagan innovatsion gibrid elektrolitni ishlab chiqdilar.
Yangi elektrolit materiallari mavjud bo'lgan keramika yoki sulfid asosidagi batareyalar bilan solishtirganda yanada xavfsizdir. Ular mexanik ta'sirga (misol uchun, mix bilan teshib o'tish) va yuqori haroratga chidamli ekanligi laboratoriya testlarida tasdiqlangan. Batareyalar 260 dan 500 Vt/kg gacha energiya zichligiga ega bo'lib, bu hozirgi litiy-ion batareyalar (250-300 Vt/kg) ko'rsatkichlaridan ancha yuqori.
Ushbu texnologiya batareyalarni 20-30 daqiqa ichida to'liq zaryadlash imkonini beradi, shu bilan bir vaqtda ularning ishlash muddati an'anaviy batareyalar bilan taqqoslanadi. "Greater Bay Technology" kompaniyasi elektrolit formulalari va ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida 50 dan ortiq patentni ro'yxatga olgan. 2026 yil oxirida Guanchjouning Nansha tumanida joylashgan zavdda batareyalar massaviy ishlab chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan.
Dastlabki partiyalar "GAC" kompaniyasining "Hyptec" premium avtomobillarida qo'llaniladi. 2026 yil mart oyiga ko'ra, kompaniya Xitoy bozorida 0,21 GVt o'rnatilgan quvvatga ega bo'lib, umumiy bozor ulushining 0,37 foizini tashkil etadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0