Qozog'istonlik tadbirkor startapi uchun 100 ming dollar investitsiya jalb qildi

Jasur Islomov1 daqiqalik o'qish

Qozog'istonlik tadbirkor startapi uchun 100 ming dollar investitsiya jalb qildi
Qozog'istonlik yosh tadbirkor Beksultan Moldaseit AQShda joylashgan "Parde" startapi uchun 100 ming dollar miqdorida investitsiya jalb qildi. Investitsiya "Boost VC" jamg'armasi tomonidan startapning 1,75 million dollarlik bahosi asosida amalga oshirildi. Xorijiy OAV xabar berishicha, "Parde" platformasi fintex va tadbirlar marketpleysining innovatsion gibrid modelini o'zida jamlaydi.

Ushbu platforma tadbir tashkilotchilariga chipta sotish imkoniyatlari bilan bir qator, moliyalashtirish yechimlarini ham taklif qiladi. Bu esa, ayniqsa, an'anaviy bank tizimidan kredit olishda muammoga duch kelayotgan bizneslar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Tadbirkor Beksultan Moldaseit investorlar bilan oldindan aloqasi bo'lmaganiga qaramay, shaxsiylashtirilgan murojaatlar va takomillashtirilgan taqdimot orqali mablag' jalb qilishga muvaffaq bo'ldi.

"Parde" loyihasi amerikalik hamkori Jay David bilan birgalikda tashkil etilgan bo'lib, faoliyati asosan AQShning Nyu-York, Mayami va Atlanta kabi yirik shaharlariga yo'naltirilgan. Startap faoliyat boshlaganidan buyon qisqa vaqt ichida (ikki yarim oy davomida) oylik takrorlanuvchi daromadni 35 ming dollarga yetkazdi va 2 mingdan ortiq foydalanuvchini jalb qildi.

Hozirgi kunda "Parde"ning pipeline-ida taxminan 6 million dollarlik savdo hajmi (GMV) mavjud. Startap oylik daromadni 100 ming dollarga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu investitsiya "Parde"ning rivojlanishi va yangi imkoniyatlarni ochishiga xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish