Loftus-Chik: Eng qiyin bosqich ortda qoldi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Loftus-Chik: Eng qiyin bosqich ortda qoldi
"Milan" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik jarohatdan so'ng maydonlarga qaytdi va allaqachon o'yinlarda ishtirok eta boshladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchi bergan intervyusida yaqin kelajakka optimistik qarashlarini bildirdi. Eslatib o'tamiz, ingliz futbolchisi 22-fevral kuni "Parma" klubi darvozaboni Edoardo Korvi bilan to'qnashuvi natijasida jarohat olgan va bir muddat safdan tashqariga chiqqan edi.

Loftus-Chik yuz bergan voqea bo'yicha izoh berar ekan, sport o'yinlarida bunday holatlar uchrab turishini ta'kidladi. Yarim himoyachining aytishicha, to'qnashuv paytida u va Korvi to'p uchun kurashishgan va har ikki tomon ham g'alaba qozonishni istagan.

O'yindan so'ng darvozabon unga xat yozib, uzr so'raganini, o'zi esa buni tabiiy holat deb hisoblagani va hech qanday muammo yo'qligini javoban yozganini ma'lum qildi. Futbolchi eng qiyin bosqich ortda qolganini qayd etdi.

Mazkur ma'lumotlarni "pianetamilan.it" nashri e'lon qildi. Hozirgi vaqtda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish