«Napoli» Skamakkani sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

«Napoli» Skamakkani sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda
Italiyaning «Napoli» klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida hujum chizig'i uchun yangi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Neapolliklar e'tibor markazida ayni paytda «Atalanta» sharafini himoya qilayotgan Janluka Skamakka turibdi. Italiyalik hujumchi 2022/2023-yilgi mavsumda Angliyaning «Vest Xem» klubidagi omadsiz urinishidan so'ng A Seriyaga qaytgan edi.

Ma'lum qilinishicha, Skamakkaning o'yin uslubi «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Kontega juda ma'qul kelmoqda. Konte kadrlar masalasida qat'iy qarorlari bilan tanilgan mutaxassis bo'lib, rahbariyatdan aynan ushbu futbolchini sotib olishni so'rashi mumkin.

Shuningdek, «Napoli» uchun hujumdagi yana bir variant sifatida Lorenso Lukka nomi tilga olinmoqda. Calcionapoli1926.it nashri xabariga ko'ra, «Nottingem Forest» klubida ijara asosida to'p surayotgan hujumchi ham neapolliklar qiziqishlari doirasiga kirgan.

Hozircha ehtimoliy kelishuvlarning moliyaviy tafsilotlari va shartlari haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Klub qishki transfer oynasida ushbu futbolchilardan biri bo'yicha rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish