Luis Enrike "PSJ" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzod topdi

0
Luis Enrike "PSJ" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzod topdi
"PSJ" klubi "Monako" vingeri Magnes Akliushni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike tarkibda tub o'zgarishlar qilish niyatida bo'lmasa-da, kelayotgan yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini yangi o'yinchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Footmercato nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Luis Enrikening talablariga to'liq javob beradi.

Transfermarkt portali kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan fransuz futbolchisining transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda. Magnes Akliush joriy mavsumda "Monako" tarkibida barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 9 ta natijali uzatmani yozdirib qo'ygan.

Luis Enrike Akliushning o'yin uslubini yuqori baholamoqda va uni jamoaning hujum salohiyatini oshira oladigan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Hozirda klublar o'rtasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

"Monako" o'z yetakchisini qo'yib yuborish borasida hali yakuniy qarorga kelmagan, biroq parijliklarning moliyaviy imkoniyatlari ushbu transferni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari