"Barselona" Ferran Torresni transferga qo'yishga qaror qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Barselona" Ferran Torresni transferga qo'yishga qaror qildi
Ispaniyalik hujumchi Ferran Torres joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng katta ehtimol bilan «Barselona» safidan ketadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Kataloniya klubi 24 yoshli futbolchini transferga qo‘yish borasida yakuniy qarorga kelgan. The Athletic nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati hujumchini sotishga tayyor va uning transferi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishni boshlagan.

Hozirgi vaqtda klub va futbolchi o‘rtasida amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022-yilda «Man Siti» klubidan 55 mln yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi.

Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2027-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda. Avvalroq hujumchiga Angliya premyer ligasining bir qator klublari qiziqayotgani haqida xabarlar berilgan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish