AQSh xorijda ishlab chiqarilgan routerlarni importga taqiqladi

0
AQSh xorijda ishlab chiqarilgan routerlarni importga taqiqladi
AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) xorijda ishlab chiqarilgan yangi routerlarni import qilishni cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu taqiq uyda foydalanish uchun moʻljallangan barcha turdagi routerlar, portativ Wi-Fi qurilmalari, shuningdek, LTE va 5G texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydigan uskunalar uchun amal qiladi. Ushbu choralar, xususan, SIM-karta orqali internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan qurillarni nazorat qilishni kuchaytirishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda, bu cheklovlar smartfonlarning hotspot funksiyasiga taalluq qilmaydi. Taqiq faqat sotuvga yangi chiqarilgan modellarga nisbatan qoʻllaniladi, avvalgi versiyalar va korporativ foydalanish uchun moʻljallangan routerlar vaqtincha cheklovlardan oʻtkazilmaydi. Komissiya yaqin kunlarda AQSh bozorida sotilishi mumkin boʻlgan, hamkor davlatlarda ishlab chiqarilgan qurilmalar roʻyxatini eʼlon qilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy OAV xabar berishicha, Xitoy brendlari va ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan routerlar ushbu roʻyxatga kiritilmasligi mumkin. Ushbu qaror AQShning telekommunikatsiya sohasidagi xavfsizlik standartlarini oshirishga qaratilgani koʻrsatiladi. FCCning bu boradagi keyingi qadamlari va roʻyxatning batafsil mazmuni eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari