
SpaceX kompaniyasi Starship raketasining yangi sinov parvozini rejalashtirmoqda. Xorijiy OAV xabar berishicha, Flight 12 nomli ushbu parvoz 2026 yil may oyidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Ushbu parvozda Raptor 3 dvigatellari qo'llanilishi asosiy yangilik sifatida qayd etilmoqda.
Jarsy Research tadqiqot markazining hisob-kitoblariga ko'ra, Starship tizimini to'liq ishlab chiqarish taxminan 100 million dollarga baholanmoqda. Yuqori qismi 20-30 million dollar, Super Heavy tezlatkichi esa 30-40 million dollar atrofida qiymatlangan. Bundan tashqari, 39 ta Raptor dvigatelining umumiy narxi qariyb 39 million dollar, yoqilg'i va boshqa materiallar uchun esa 2 million dollargacha sarf-xarajat bo'lishi mumkin.
Raketa 100 tonna yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lib, bir martalik parvozda bir kilogramm yukni tashish narxi 900-1010 dollarni tashkil etadi. Agar raketa 20 martadan ortiq qayta ishlatilsa, bu ko'rsatkich 115-125 dollargacha tushishi mumkin. Ushbu imkoniyat kosmik parvozlar narxini sezilarli darajada pasaytirishga yordam beradi.
Super Heavy Booster 19 birinchi marta yangi Raptor 3 dvigatellari bilan jihozlandi. Bu dvigatellar oldingi versiyalarga nisbatan kuchliroq tortish kuchi va yengilroq vaznga ega ekanligi aniqlangan. Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida tashqi issiqlikdan himoya qatlami olib tashlangan, bu esa ishlab chiqarish narxini to'rt barobarga arzonlashtirgan. AQSh Federal aloqa komissiyasi Starship raketasining 13-parvozi uchun radiochastotalardan foydalanishga ruxsat berganligi ham xabar qilinmoqda. Bu parvozda Super Heavy B20 va Starship S40 prototiplari ishtirok etishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0