Hyundai AQShdagi ma'lumot markazlari uchun 400 mln dollarlik dvigatel yetkazib beradi

0
Hyundai AQShdagi ma'lumot markazlari uchun 400 mln dollarlik dvigatel yetkazib beradi
"HD Hyundai Heavy Industries" kompaniyasi AQShdagi ma'lumot markazlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimlarini yetkazib berish bo'yicha "Aperion Energy Group" bilan 400 million dollarlik shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida jami 684 megavatt quvvatga ega bo'lgan uskunalar yetkazib beriladi. Bu, kompaniya faoliyat tarixida dvigatellar yetkazib berish bo'yicha eng katta hajmdagi bitim hisoblanadi.

Loyihada Janubiy Koreyaga tegishli "HiMSEN" rusumli dvigatellardan foydalaniladi. Har bir dvigatelning quvvati taxminan 20 MVt yoki 27 200 ot kuchiga teng. Mazkur shartnoma "Hyundai" uchun sun'iy intellekt va bulutli xizmatlar sohasidagi o'sish bilan bog'liq ravishda, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, bu shartnoma Shimoliy Amerika mintaqasida ularning mavqeyini mustahkamlashga yordam beradi. "Hyundai" bundan buyon nafaqat kemasozlik va og'ir sanoatda, balki raqamli infratuzilmani qo'llab-quvvatlaydigan energetika yechimlari sohasida ham faoliyatini kengaytirmoqchi.

"HiMSEN" dvigatellari "Hyundai" kompaniyasining o'z tadqiqotlari natijasida yaratilgan bo'lib, ular kemalar va elektr stantsiyalarida keng qo'llaniladi. Ushbu to'rt taktli dvigatellar dizel, gaz yoki ularning aralashmasida ishlay oladi va yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Texnologiya yangiliklari