Salah "An-Nasr" klubiga o'tishiga murabbiy rozilik berdi

0
Salah "An-Nasr" klubiga o'tishiga murabbiy rozilik berdi
Misrlik hujumchi Moxamed Saloh joriy mavsum yakunlangach, «Liverpul» klubi bilan xayrlashadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchining Mersisayd jamoasidan ketishi haqida avvalroq rasman ma'lum qilingan edi. So'nggi yillarda xalqaro sport nashrlari Salohning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tishi borasida ko'plab xabarlarni tarqatgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Moxamed Krishtianu Ronaldu to'p surayotgan «An-Nasr» klubi safiga qo'shilishi kutilmoqda. «Goal» nashri «Okaz» portaliga tayanib xabar berishicha, «An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jejush misrlik hujumchining transferiga rozilik bergan.

Murabbiy Salohni jamoaning kelgusi mavsumdagi taktik sxemalariga kiritishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, saudiyaliklar yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun rasmiy choralarni ko'rishni boshlaydi.

Ma'lumot uchun, Moxamed Saloh shu yilning iyun oyida 34 yoshni qarshi oladi. Uning «Liverpul» bilan amaldagi kelishuvi yakuniga yetayotgani sababli, futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo'shilishi ham mumkin.

Hozircha transferning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari