
Madridning "Real" klubi va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Fernando Hierro, misrlik futbolchini "qirollik klubi" tarkibida ko'rish istagini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Saloh "Liverpul" bilan o'zining so'nggi mavsumini o'tkazmoqda. "Men uni "Real" tarkibida ko'rishni istardim.
Futbolda hamma narsa mumkin, jumladan, bunday o'tish ham. Saloh barcha jihatdan ajoyib futbolchi.
Agar u "Real" yoki hatto "Barselona" kabi klubga o'tsa, bunday o'yinchi chempionatga bo'lgan qiziqishni sezilarli darajada oshiradi", - deya Xyerro so'zlaridan iqtibos keltiradi ON Sport. Shuni ta'kidlash joizki, Muhammad Saloh avvalroq Italiya chempionatida to'p surgan, ammo Ispaniyada hech qachon o'ynamagan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0