
"Barselona"ning "Atletiko" futbolchisiga qiziqishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ispaniyaning "Sport" nashriga tayanib, "The Touchline" ma'lum qilishicha, 26 yoshli Xulian Alvares kataloniyaliklarga "matraschilar" uni 200 million yevroga baholayotganini ma'lum qilgan. Bu juda katta transfer narxi.
Shu bilan birga, 2017-yilning yozida "Barselona"dan PSJga o'tgan Neymar transferi 222 million yevro bilan rekord bo'lib turibdi. 2025/2026-yilgi mavsumda Xulian Alvares 47 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2030-yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0