
"PSJ" darvozaboni Matvey Safonov jamoada hurmat qozongan
Parijliklar mavsumni Lyuka Shevalye bilan boshlagan bo'lsada, qish boshidan beri "PSJ"ning asosiy darvozaboni sifatida rossiyalik Matvey Safonov maydonda ko'rinmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
RMC Sport xabariga ko'ra, Safonov jamoadoshlari orasida katta hurmatga ega. Uning xushmuomalaligi va ijobiy kayfiyati ko'pchilik tomonidan yuqori baholanadi.
Safonovning jamoa bilan aloqalari yaxshi, u har doim hamkasblariga qo'llab-quvvatlov ko'rsatadi. Lyuka Shevalye esa, aksincha, jamoa bilan kam muomilada bo'ladi va ko'pincha yolg'iz vaqt o'tkazadi.
Bu uning jamoa bilan bog'liq muammolari borligidan dalolat bermaydi, balki futbolchining shaxsiy xarakteriga xosdir. "Shevalye yaxshi yigit.
Uni jamoada ko'rmaslik odatiy hol emas, lekin u shunchaki shunday. U shtab a'zolari bilan ko'p vaqt o'tkazishni ham yaxshi ko'radi", - deydi manba.
"PSJ" yakshanba kuni o'z uyida "Lion"ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0