Luis Dias "Bavariya"da rekord o'rnatdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Luis Dias "Bavariya"da rekord o'rnatdi
"Bavariya" "Shtutgart"ni mag'lub etib, Germaniya chempioni bo'ldi

Myunxenning "Bavariya" klubi Germaniya chempionatining 30-turida "Shtutgart" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda "Bavariya" yarim himoyachisi Luis Dias 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. OptaFranz ma'lumotlariga ko'ra, Luis Dias "Bavariya" safida statistikalar yuritila boshlanganidan buyon (2004-05 yilgi mavsumdan) Bundesligada bir mavsumda kamida 13 ta gol urib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo'ldi.

29 yoshli kolumbiyalikning hisobida 15 ta gol va 13 ta golli uzatma mavjud. Dias joriy mavsumda Yevropaning 5 ta yetakchi chempionatida ushbu natijaga erishgan yagona futbolchidir.

Dias "Bavariya"ga o'tgan yozda Angliyaning "Liverpul" klubidan 70 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish