Toshkentda kiberjinoyat bilan shug‘ullangan xorijliklar guruhi qo‘lga olindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Toshkentda kiberjinoyat bilan shug‘ullangan xorijliklar guruhi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan navbatdagi keng ko‘lamli tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Poytaxt hududidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashirin ravishda noqonuniy faoliyat yuritib kelgan 23 nafar xorijiy davlat fuqarosidan iborat uyushgan guruh kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur maxsus operatsiya Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirokida amalga oshirildi.

Tergov-tezkor harakatlari davomida gumonlanuvchilarning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, firibgarlik va kiberjinoyatlarni sodir etishda foydalanilgan maxsus texnik vositalar hamda aloqa qurilmalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi. Hozirgi vaqtda ushbu shaxslarning qilmishlari yuzasidan tegishli tergovga qadar tekshiruv jarayonlari davom etmoqda.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, guruh a’zolarining boshqa jinoyatlarga aloqadorligi hamda ularning mamlakat hududiga kirib kelish va qolish qonuniyligi o‘rganilmoqda. Mazkur jarayonlar yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish