Tesla Nevada zavodida Semi yuk mashinalarini seriyali ishlab chiqarishni boshladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Tesla Nevada zavodida Semi yuk mashinalarini seriyali ishlab chiqarishni boshladiTesla Nevada shtatida Semi yuk mashinalarini seriyali ishlab chiqarishni boshladi

Tesla kompaniyasi Nevada shtatidagi Gigafactory zavodida Tesla Semi elektr yuk mashinalarining ilk seriyali modellarini yig'ishga kirishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bir necha yilga cho'zilgan kechikishlardan so'ng, loyiha nihoyat ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o'tdi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Zavodda tashkil etilgan yangi liniya yiliga 50 ming donagacha yuk mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur model bozorga ikki xil modifikatsiyada taqdim etiladi.

Standard Range versiyasi bir marta quvvatlanish orqali 523 km masofani bosib o'ta oladi va uning narxi 260 ming dollar etib belgilangan. Uzunroq masofaga mo'ljallangan Long Range versiyasi esa 805 km harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lib, 290 ming dollardan sotiladi.

Texnik xususiyatlariga ko'ra, yuk mashinasi 800 kVt quvvatli uch motorli elektr tizimi bilan ta'minlangan. Maxsus qurilma 1,2 MVt quvvatli tezkor zaryadlash tizimini qo'llab-quvvatlaydi.

Bu esa batareyani 30 daqiqa ichida 60 % gacha quvvatlantirish imkonini beradi. Ta'kidlash joizki, elektr transport vositasi uchun zarur bo'lgan akkumulyatorlar to'g'ridan-to'g'ri zavodning o'zida tayyorlanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish