Yandex aqlli qurilmalar va Alisa raqamli yordamchisi uchun navbatdagi texnologik yangilanishlarni e'lon qildi
Yandex jamoasi Alisa raqamli yordamchisi hamda unga bog'liq ekotizim, jumladan, kompaniyaning aqlli qurilmalari uchun ishlab chiqilgan yangi imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining xabariga ko'ra, 2026 yil aprel oyida foydalanuvchilar uchun bir qator qulay funksiyalar joriy etildi. Xususan, Yandex Stansiya 3 qurilmasining yoritish tizimida o'zgarishlar amalga oshirildi.
Endilikda Svetomuzika rejimida uchta yangi animatsiya varianti mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar animatsiya turini, harakat tezligini va ranglar gammasini mustaqil tanlash orqali shaxsiy yoritish rejimlarini yaratish imkoniga ega bo'ldilar.
Qurilmaning texnik xususiyatlari ham takomillashtirilib, eng ko'p qo'llaniladigan 10 dan 50 % gacha bo'lgan ovoz balandligi darajalarida tovush chiqarish quvvati oshirildi. Yandex TV Stansiyalari yo'nalishida ham muhim yangiliklar taqdim etildi.
Kinopoisk ilovasida Igromir bo'limi ishga tushirildi. Ushbu bo'lim yordamida Steam kutubxonasidagi o'yinlarni va free-to-play turkumidagi ommabop loyihalarni to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish mumkin.
Bundan tashqari, TV Stansiyalarda internetdagi videolarni Yaqinda bo'limiga saqlash, Rutube platformasi uchun yangilangan pleyer interfeysi hamda teleko'rsatuvlarni yozib olish funksiyalari paydo bo'ldi. Serial ishqibozlari uchun esa boshlang'ich titrlarni avtomatik o'tkazib yuboruvchi aqlli tizim joriy etildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0