Yandex brauzeridagi Alisa murakkab matnlarni soddalashtirishni o'rgandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Yandex brauzeridagi Alisa murakkab matnlarni soddalashtirishni o'rgandiYandex brauzeri murakkab matnlarni soddalashtiruvchi funksiyani taqdim etdi

Yandex brauzeri jamoasi internetdagi ma'lumotlarni o'qish va tushunishda qiyinchilikka uchraydigan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan yangi imkoniyatni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, endilikda Alisa sun'iy intellekti qiyin matnlarni sodda va ravon tilga o'girib beradi. Kompaniya matbuot xizmati vakillari bunday xizmat jahon tajribasida ilk bor joriy etilayotganini ta'kidlamoqda.

Yangi tizim matn tarkibidagi murakkab terminlar va uzun gaplarni oson tushuniladigan so'zlar bilan almashtiradi. Ushbu texnologiya, ayniqsa, katta yoshdagi insonlar hamda eshitish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan foydalanuvchilar uchun axborot olish jarayonini osonlashtiradi.

Xizmat Alice AI LLM til modeli negizida ishlab chiqilgan bo'lib, u matnning umumiy tuzilishi va sarlavhalarini o'zgartirmasdan, uzun jumlalarni bir nechta qisqa gaplarga ajratadi. Masalan, aviatsiyaga oid maqolada tizim shassi samolyotning tarkibiy qismi ekanligini aniq izohlab o'tadi.

Mazkur funksiyadan foydalanish uchun brauzer sozlamalaridagi maxsus imkoniyatlar bo'limiga kirish lozim. Shundan so'ng rus tilidagi veb-saytlarda matnni foydalanuvchiga moslashtirish imkonini beruvchi maxsus tugma paydo bo'ladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish