Starlink samolyotlarda internet tezligini sezilarli darajada oshirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Starlink samolyotlarda internet tezligini sezilarli darajada oshirdiOokla kompaniyasi samolyot bortidagi internet tezligi bo'yicha hisobotini e'lon qildi

Ookla mutaxassislari havo kemalarida taqdim etilayotgan Wi-Fi xizmati sifatini tahlil qilib, Starlink tizimining ustunligini qayd etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, Ilon Mask asos solgan kompaniya interneti tezlik borasida ofis va uylardagi statsionar tarmoqlardan ham o'zib ketgan. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Ekspertlar dunyo bo'ylab 50 dan ortiq aviakompaniya ko'rsatayotgan internet xizmatlarini o'rganib chiqdi. Yuklab olish tezligi 100 Mbit/s dan yuqori bo'lgan sakkizta aviatashuvchining barchasi aynan Starlink uskunalaridan foydalanayotgani aniqlandi.

Mazkur kompaniyalarning yarmida internet tezligi hatto 300 Mbit/s dan ham yuqori ko'rsatkichni qayd etgan. Ookla vakillari boshqa provayderlarning hech biri hozircha bunday natijaga yaqinlasha olmaganini ta'kidlamoqda.

Tizimning o'ziga xosligi shundaki, bortda foydalanuvchilar soni ko'paysa ham, ulanish tezligi pasayib ketmaydi. Hozirda yo'lovchilar parvoz vaqtida sifatli aloqada bo'lish uchun aynan Starlink tizimi o'rnatilgan reyslarni afzal ko'rmoqda.

Bu holat an'anaviy sun'iy yo'ldosh internetidan foydalanuvchi aviakompaniyalar uchun raqobatda jiddiy qiyinchilik tug'dirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish