Emirates samolyotlariga 2 Gbit/s tezlikdagi Starlink interneti o'rnatiladi

0
Emirates samolyotlariga 2 Gbit/s tezlikdagi Starlink interneti o'rnatiladiStarlink samolyotlarda yuqori tezlikdagi internetni joriy etmoqda Starlink kompaniyasi tijorat samolyotlariga 2 Gbit/s dan yuqori tezlikni ta'minlaydigan internet tizimini o'rnatishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Starlink Aviation rahbari Nik Zeyts ma'lum qildi. Mazkur texnologiya birinchi bo'lib Emirates aviakompaniyasining Emirates A380 flagman samolyotida sinovdan o'tkazilmoqda.

Ilgari ushbu havo kemalarida internet o'tkazuvchanligi 1 Mbit/s dan past bo'lgan bo'lsa, endilikda har bir samolyotga uchta Starlink antennasi o'rnatilishi natijasida Wi-Fi sifati ming marta yaxshilanadi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, yo'lovchilar 12 km balandlikda ham uydagidan ko'ra sifatliroq internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Rejaga ko'ra, 2026 yil davomida Starlink tizimi ko'plab A380 samolyotlariga tezlashtirilgan tartibda o'rnatiladi. Bu yo'lovchilarga parvoz davomida video striming, onlayn o'yinlar va veb-sahifalarni ko'rish imkonini beradi.

Xizmat barcha toifadagi yo'lovchilar uchun bepul taqdim etiladi. Kelajakda jonli efirdagi teleko'rsatuvlarni shaxsiy qurilmalar va o'rindiq orqasidagi ekranlar orqali tomosha qilish imkoniyati ham qo'shilishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari