Ilon Mask Tesladan 114 mlrd dollar miqdorida mukofot oladi

0
Ilon Mask Tesladan 114 mlrd dollar miqdorida mukofot oladiTesla Ilon Mask uchun 114 mlrd dollarlik kompensatsiya to'lovini rasmiylashtirmoqda Tesla kompaniyasi Ilon Maskka 2018 yilda va'da qilingan yirik kompensatsiya paketini taqdim etish maqsadida AQSh qimmatli qog'ozlar komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, ushbu paket 304 million dona aksiyani o'z ichiga oladi. Dastlab 56 mlrd dollarga baholangan mazkur aktivlarning joriy qiymati kompaniya aksiyalari narxi 376 dollargacha ko'tarilishi ortidan 114 mlrd dollardan oshib ketdi.

Ushbu jarayon bir necha yil davom etgan sud bahslariga yakun yasashi kutilmoqda. 2018 yilda direktorlar kengashi Mask oldiga murakkab shartlar qo'ygan edi.

Unga ko'ra, tadbirkor kompaniya kapitallashuvi va biznes ko'rsatkichlari bo'yicha belgilangan 12 ta maqsadga erishgan taqdirdagina aksiyalarga egalik qilishi mumkin edi. Mask 2021 yil yakuniga qadar barcha vazifalarni to'liq bajargan.

Delaver shtati oliy sudi Maskka olti yillik ish davri uchun ushbu mablag' to'lanishini adolatli deb topdi. Belgilangan kelishuvga ko'ra, Mask Tesla tarkibida kamida 2028 yilgacha faoliyat yuritishi shart.

Shuningdek, u olingan aksiyalarni besh yil davomida sotish huquqiga ega bo'lmaydi. Hozirda Mask 839 mlrd dollar miqdoridagi boyligi bilan dunyoning eng badavlat kishilari reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Aksiyadorlar allaqachon uning uchun kelajakda 1 trillion dollargacha yetishi mumkin bo'lgan yangi rag'batlantirish paketini ham ma'qullagan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari