Forbes dunyoning eng boy milliarderlari ro'yxatini yangiladi
Forbes nashri sayyoramizning eng badavlat shaxslari reytingini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangilangan ro'yxatda Ilon Mask 839 mlrd dollar miqdoridagi mablag' bilan yaqin ta'qibchilardan katta farq bilan o'zib ketib, peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, kuchli beshlikdan Larri Peyj (257 mlrd dollar), Sergey Brin (237 mlrd dollar), Jeff Bezos (224 mlrd dollar) va Mark Sukerberg (222 mlrd dollar) joy olgan.
Dunyoning eng boy besh nafar vakilining umumiy sarmoyasi salkam 1,8 trln dollarni tashkil etmoqda. Tadqiqot natijalari Maskning moliyaviy muvaffaqiyatiga qaramay, xayriya masalasida eng sustkash milliarderlardan biri ekanini ko'rsatdi.
Ma'lum bo'lishicha, tadbirkor o'ziga tegishli xayriya jamg'armalariga 8,5 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini o'tkazgan bo'lsa-da, ushbu mablag'larning asosiy qismi hali ham harakatsiz holatda turibdi. Tahlillarga ko'ra, Mask bugungi kunga qadar o'z boyligining atigi 0,06 foizini, ya'ni taxminan 500 mln dollarini muhtojlarga yordam berish uchun sarflagan.
Bu ko'rsatkich uni dunyodagi eng kam xayriya qiluvchi boylar qatoriga tushirib qo'ydi.