Mask va Peyj o'rtasidagi do'stlik sun'iy intellekt xavfsizligi sababli yakunlandi
Milliarder Ilon Mask OpenAI kompaniyasiga doir sud jarayonida Google asoschilaridan biri Larri Peyj bilan munosabatlari uzilishi tafsilotlarini ochiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Techcrunch.com nashri xabariga ko'ra, tadbirkorlar o'rtasidagi uzoq yillik yaqinlikka sun'iy intellekt xavfsizligi masalasidagi jiddiy kelishmovchilik nuqta qo'ygan. Mask suddagi ko'rsatmasida sun'iy intellekt kelajakda insoniyat uchun xavf tug'dirishi mumkinligi haqida xavotir bildirganini ta'kidladi.
Bunga javoban Peyj texnologiyaning rivojlanishi va omon qolishi insoniyat manfaatlaridan ustun ekanini aytib, Maskni «turlarni ajratuvchi» (speciesist) deb atagan. Mask ushbu yondashuvni keskin tanqid qilib, aynan shu voqea OpenAI loyihasini boshlashga asosiy turtki bo'lganini ma'lum qildi.
Ilgari juda yaqin bo'lgan tadbirkorlar munosabati 2015-yilda butunlay uzilgan. Bunga Maskning Google mutaxassisi Ilya Sutskeverni o'zining yangi loyihasiga taklif qilgani sabab bo'lgan.
Peyj ushbu harakatni shaxsiy xiyonat sifatida baholab, muloqotni to'xtatgan. Shunga qaramay, Mask avvalroq bergan intervyularida sobiq do'sti bilan aloqalarni tiklash niyati borligini bildirgan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0