Ilon Mask OpenAI rahbari bilan kelishuvga erishishdan bosh tortdi
Milliarder Ilon Mask va OpenAI kompaniyasi o'rtasidagi sud jarayoni boshlanishiga ikki kun qolganda tomonlar o'rtasida o'zaro yozishmalar bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Techcrunch nashri ma'lumotlariga ko'ra, Mask dastlab mojaroni sudgacha hal qilishni taklif etgan. Biroq kompaniya prezidenti Greg Brokman har ikki tarafdan barcha da'volarni qaytarib olishni so'raganida, Mask bunga keskin munosabat bildirdi.
Ilon Mask o'z javobida Greg Brokman hamda Sem Altman haftaning oxiriga qadar AQShda eng ko'p nafratga uchragan shaxslarga aylanishini yozib qoldirgan. OpenAI yuristlari ushbu yozishmalarni dalil sifatida ishga qo'shishni so'rab sudga murojaat qildi, ammo sudya xabarlarni jarayonga tirkash bo'yicha so'rovni rad etdi.
Mask tomonidan kiritilgan da'vo arizasida OpenAI tashkilotining tijorat tuzilmasini tugatish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni ommaviy foydalanish uchun ochiq holatga keltirish talab qilingan. O'z navbatida, OpenAI vakillari ushbu sud jarayonidan ko'zlangan asosiy maqsad raqobatchini kuchsizlantirish va Maskning shaxsiy moliyaviy manfaatlarini ta'minlash ekanini ta'kidlamoqda.
Hozirda tomonlar o'rtasidagi huquqiy bahslar davom etmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0