Claude suniy intellekt chatboti yaratuvchisi sanalgan Anthropic laboratoriyasi aksiyalarni ommaviy joylashtirish jarayonini boshlash uchun maxfiy tarzda ariza topshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Kompaniya ozining rasmiy blogida AQSh Qimmatli qogozlar va birja komissiyasiga tegishli hujjatlar taqdim etilganini tasdiqladi. Techcrunch.com manbasiga tayanib aytish mumkinki, ayni vaqtda bozorga chiqariladigan aksiyalarning aniq narxi va ularning soni borasida ma'lumotlar oshkor qilinmagan.
Anthropic vakillari IPO jarayonining yakuniy muddati va shartlari bozor kon'yunkturasi hamda tashqi omillar ta'sirida shakllanishini qayd etishdi. Mazkur qaror kompaniyaning qiymatini 965 milliard dollarga yetkazgan 65 milliard dollarlik H seriyasidagi investitsiya bosqichidan atigi bir hafta o'tib qabul qilindi.
Ushbu moliyaviy raund Altimeter Capital, Dragoneer va Sequoia Capital kabi nufuzli jamgarmalar tomonidan boshqarilib, yirik institutsional investorlar e'tiborini qozondi. Anthropic ushbu qadami SpaceX kompaniyasining 2 trillion dollarlik baholanish bilan IPOga tayyorgarlik ko'rayotgan davriga to'g'ri keldi.
Shu bilan birga, asosiy raqobatchi OpenAI ham birjaga chiqish borasida faol harakat qilmoqda. Mart oyida OpenAI 122 milliard dollar mablag jalb qilib, oz qiymatini 852 milliard dollarga yetkazishga erishgan edi.
Sobiq OpenAI xodimlari tomonidan 2021-yilda asos solingan Anthropic dastlabki bosqichda bozorda kichik o'yinchi hisoblangan. Biroq Claude modeli va Mythos kiberxavfsizlik tizimining muvaffaqiyati kompaniya moliyaviy korsatkichlarini keskin yaxshiladi.
Tahlillarga ko'ra, kompaniyaning yillik daromadi 2025-yil oxiridagi 9 milliard dollardan hozirgi kunda 47 milliard dollargacha oshgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0