DuckDuckGo qidiruv tizimi suniy intellekt texnologiyalariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lgan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Kompaniya Chrome va Firefox brauzerlari uchun maxsus kengaytmalarni ishlab chiqdi, ular yordamida foydalanuvchilar noai.duckduckgo.com manzilini asosiy qidiruv tizimi sifatida belgilashlari mumkin. Techcrunch.com nashrining qayd etishicha, ushbu yangilik suniy intellekt tomonidan shakllantirilgan javoblar, chat-bot takliflari va avtomatik yaratilgan tasvirlardan xoli bo'lgan qidiruv muhitini taqdim etadi.
Ushbu qadam Google kompaniyasi o'z qidiruv tizimini to'liq suniy intellekt formatiga o'tkazishini e'lon qilganidan keyin amalga oshirildi. Ananaviy qidiruv tizimlarini afzal ko'ruvchi foydalanuvchilar sonining ortishi statistikada ham o'z aksini topgan.
Xususan, suniy intellektsiz qidiruv sahifasiga bo'lgan haftalik tashriflar 30 foizga, AQSh hududida esa ilovani o'rnatish ko'rsatkichi 18,1 foizga o'sgan. Foydalanuvchilar Google tomonidan joriy etilgan AI Overviews funksiyasi o'rniga ananaviy shakldagi qidiruv natijalarini qidirmoqdalar.
Shuni ta'kidlash kerakki, DuckDuckGo suniy intellekt texnologiyalarini butunlay rad etmaydi. Kompaniya o'zining shaxsiy chat-boti va turli neyrotarmoq modellari bilan ishlash imkonini beruvchi pullik xizmatlarini rivojlantirishda davom etmoqda.
Biroq, kompaniya foydalanuvchilarga tanlov huquqini taqdim etishni maqsad qilgan. Yaqin kelajakda Edge va Opera brauzerlari uchun mo'ljallangan Privacy Essentials kengaytmalari ham yangilanadi, bu esa mijozlarga suniy intellekt sozlamalarini yanada samarali boshqarish imkonini beradi.
Ayni paytda DuckDuckGo brauzeri foydalanuvchilari uchun bu sozlamalar avtomatik tarzda saqlanib qolmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0