NVIDIA va Palantir rahbarlari 4,6 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

NVIDIA va Palantir rahbarlari 4,6 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdiSun'iy intellekt kompaniyalari rahbarlari 4,6 mlrd dollarlik aksiyalarni sotib yubordi

Sun'iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi yirik korporatsiyalar bozorda sezilarli natijalarga erishayotgan bo'lsa-da, soha rahbarlari o'rtasida xavotir kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, NVIDIA, Palantir va Broadcom kabi yetakchi kompaniyalarning yuqori martabali menejerlari o'zlariga tegishli qimmatli qog'ozlarni ommaviy ravishda sotishga kirishgan. Oxirgi 12 oy davomida ushbu soha vakillari jami 4,6 mlrd dollarlik aksiyalarni sotgan.

Xususan, NVIDIA rahbarlari 2,4 mlrd dollar, Broadcom vakillari 1,14 mlrd dollar va Palantir menejerlari 1 mlrd dollarlik ulushlarini realizatsiya qilgan. Shu bilan birga, mazkur davr mobaynida rahbarlar tomonidan yangi aksiyalarni xarid qilish holatlari deyarli kuzatilmagan.

Ekspertlarning tushuntirishicha, aksiyalarning sotilishi har doim ham inqiroz belgisi hisoblanmaydi. Biroq kompaniya egalari va rahbarlarining o'z qimmatli qog'ozlarini qayta sotib olmasligi kelajakdagi o'sish sur'atlariga nisbatan ishonch pasayganidan dalolat berishi mumkin.

Hozirda sun'iy intellekt bozori eng jozibador yo'nalishlardan biri bo'lib qolayotganiga qaramay, top-menejerlarning bunday harakatlari investorlarni ehtiyotkorlik bilan ish tutishga undamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish