Apple ikkinchi chorakda 111 mlrd dollar daromad ko'rdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Apple ikkinchi chorakda 111 mlrd dollar daromad ko'rdiApple kompaniyasi 2026-moliya yilining ikkinchi choragi yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, texnologiya giganti ushbu davrda umumiy tushum, xizmat ko'rsatish sohasi va iPhone qurilmalari savdosi yo'nalishlarida tarixiy rekord natijalarni qayd etgan. Kompaniyaning choraklik daromadi o'tgan yilning mos davridagi 95,4 mlrd dollardan 111,2 mlrd dollargacha ko'paydi.

Moliyaviy ko'rsatkichlarning o'sishi barcha yo'nalishlarda kuzatildi: operatsion foyda 29,6 mlrd dollardan 35,9 mlrd dollarga yetgan bo'lsa, sof foyda miqdori 29,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Smartfonlar segmentida ham sezilarli o'sish qayd etildi.

iPhone savdosi qariyb 22 foizga oshib, 46,8 mlrd dollardan 57 mlrd dollarga ko'tarildi. Shuningdek, kompaniya Mac kompyuterlari sotuvidan 8,4 mlrd dollar, iPad planshetlari savdosidan esa 6,9 mlrd dollar tushum ko'rgan.

Apple kompaniyasining xizmatlar ko'rsatish segmenti chorak davomida 30,98 mlrd dollar daromad keltirib, korporatsiya byudjetini boyitdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish