iPhone 17 savdolari Apple daromadini rekord darajaga olib chiqdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

iPhone 17 savdolari Apple daromadini rekord darajaga olib chiqdiiPhone 17 smartfonlari savdosi Apple tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi

Apple kompaniyasining iPhone 17 liniyasi brend tarixidagi eng ommabop qurilmalarga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda korporatsiya moliya direktori Kevan Parex «Financial Times» nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Ixbt.com nashrining yozishicha, Kevan Parex va bosh direktor Tim Kuk 2026 yilning ikkinchi choragidagi ijobiy moliyaviy natijalarni aynan smartfonlar savdosi bilan izohlagan.

Hisobot davrida kompaniya 111,2 mlrd dollar daromad va 29,6 mlrd dollar sof foyda ko'rganini e'lon qildi. Tim Kukning so'zlariga ko'ra, yangi qurilmalarga bo'lgan talab juda yuqori bo'lsa-da, bozorga mahsulot yetkazib berish imkoniyatlari cheklangan.

Hozirgi vaqtda ta'minot zanjirida butlovchi qismlarni yetarli miqdorda olish bilan bog'liq qiyinchiliklar mavjud. Smartfonlar savdosi sekinlashishiga TSMC korxonasi tomonidan yetkazib beriladigan A19 va A19 Pro chiplari yetishmovchiligi sabab bo'lmoqda.

Bunga ishlab chiqaruvchining sun'iy intellekt chiplarini tayyorlashga ham e'tibor qaratayotgani asosiy omil sifatida ko'rsatildi. Shuningdek, xotira chiplari narxi oshishi kutilmoqda.

Tim Kuk 2026 yilning ikkinchi choragida xotira xarajatlari sezilarli darajada o'sishini ta'kidladi. Ushbu holat sentyabr oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan iPhone 18 liniyasi narxiga ham ta'sir qilishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish