Toto» kompaniyasi sun'iy intellekt chiplari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Toto» kompaniyasi sun'iy intellekt chiplari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradiYaponiyaning Toto kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalari rivoji ortidan kutilmagan daromad ko‘ra boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Santexnika jihozlari ishlab chiqaruvchi brend yarimo‘tkazgich komponentlarini tayyorlash hajmini oshirishini e’lon qildi. Ushbu ma’lumot e’lon qilingach, kompaniya aksiyalari qiymati bir kun ichida 18 foizga qimmatlashib, oxirgi besh yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

Toto brendi jahon bozorida asosan hojatxona va santexnika uskunalari bilan tanilgan bo‘lsa-da, uzoq yillardan buyon keramika yo‘nalishidagi tajribasidan foydalanib keladi. Kompaniya chiplar ishlab chiqarishda kremniy plastinalarni ushlab turishga xizmat qiladigan maxsus elektrostatik qisqichlarni yetkazib beradi.

Mazkur elementlar zamonaviy yarimo‘tkazgichlar, xususan, sun’iy intellekt chiplarini yaratish jarayonida o‘ta talabgir hisoblanadi. Kompaniya bunday butlovchi qismlarni 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqargan.

Biroq sun’iy intellekt sohasidagi jadal o‘sish va chiplarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bozor tahlilchilari nafaqat yarimo‘tkazgichlar yo‘nalishidagi yangi rejalarni, balki kompaniyaning yillik rekord miqdordagi foydasini ham ijobiy baholadi.

Bu haqda Ixbt.com nashri ma’lumot tarqatdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish