App Store Rossiyaning «Luna» brauzerini o‘chirib tashladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

App Store Rossiyaning «Luna» brauzerini o‘chirib tashladiRossiyaning "Luna" brauzeri App Store platformasidan olib tashlandi

Rossiyada ishlab chiqilgan "Luna" mobil brauzeri Apple kompaniyasining ilovalar do'konidan g'oyib bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dasturning App Store platformasidan o'chirilishi sabablari hozircha rasman e'lon qilinmadi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Xabarda qayd etilishicha, brauzerni avvalroq yuklab olgan foydalanuvchilar undan cheklovlarsiz foydalanishda davom etishlari mumkin. Mazkur ilovadan asosan VTB banki mijozlari onlayn-bank xizmatlariga kirishda foydalanib kelgan.

Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati faqat ushbu dastur bilan cheklanib qolmaydi. Foydalanuvchilar boshqa brauzerlar, jumladan, Safari orqali ham tizimda avtorizatsiyadan o'tishlari mumkin.

"Luna" brauzeri "Innovatsionnaya razrabotka" MChJ tomonidan taqdim etilgan. Dasturning o'ziga xos jihati shundaki, u mahalliy saytlarga xavfsiz ulanishni ta'minlash uchun Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi sertifikatlarini qo'llab-quvvatlaydi.

iOS va Android operatsion tizimlari uchun yaratilgan ushbu mahsulot reklama hamda kuzatuvchi trekerlarni bloklash funksiyasiga ega. Hozircha loyiha ishlab chiquvchilari yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish