Tasvir yaratuvchi modellar mobil ilovalar yuklanishini 6,5 barobarga oshirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Tasvir yaratuvchi modellar mobil ilovalar yuklanishini 6,5 barobarga oshirdiTasviriy sun'iy intellekt mobil ilovalar mashhurligini oshirmoqda

Appfigures tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, sun'iy intellekt asosida tasvir yaratuvchi texnologiyalar mobil ilovalar bozorida keskin o'sishni ta'minlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Vizual kontent yaratish imkoniyati dasturlarning yuklab olinish ko'rsatkichini an'anaviy yangilanishlarga qaraganda 6,5 barobar ko'proq oshirgan. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Agar ilgari foydalanuvchilar e'tiborini ovozli chatlar va matnli muloqot modellari tortgan bo'lsa, hozirgi kunda vizual funksiyalar yetakchilik qilmoqda. Xususan, ChatGPT va Gemini platformalari tasvir yaratish modellarini joriy etgach, o'n millionlab yangi foydalanuvchilarga ega bo'ldi.

Google Gemini ilovasi Nano Banana modelini taqdim etganidan keyingi 28 kunlik muddatda yuklab olishlar soni 22 mln taga ko'paydi. Natijada ilovaning o'rnatilish ko'rsatkichi to'rt barobardan ziyodroq o'sdi.

ChatGPT esa GPT-4o modelini ishga tushirishi ortidan qo'shimcha 12 mln marta yuklab olindi. Tahliliy hisobotda qayd etilishicha, yuklab olishlar soni ortishi har doim ham moliyaviy daromadga bog'liq bo'lmaydi.

Ko'plab foydalanuvchilar texnologiyani sinab ko'rish uchun ilovani o'rnatsalar-da, pullik xizmatlarga obuna bo'lishga shoshilmayaptilar. Hozircha faqat ChatGPT ortgan qiziqishni real foydaga aylantira oldi.

Mazkur platforma yangilanishdan keyingi 28 kun ichida taxminan 70 mln dollar daromad ko'rgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish