"Bavariya" PSJga qarshi o'yinda yangi libosda maydonga tushadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

"Bavariya" PSJga qarshi o'yinda yangi libosda maydonga tushadi
«Bavariya» Chempionlar ligasining javob uchrashuvida yangi liboslarda maydonga tushadi

Myunxenning «Bavariya» klubi Chempionlar ligasi yarim finali doirasida PSJga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida kelasi mavsum uchun mo'ljallangan yangi dizayndagi liboslardan foydalanishini rasman e'lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Germaniya futboli gegemoni sanalgan ushbu jamoaga liboslar yetkazib beruvchi Adidas kompaniyasi bunday qaror orqali yozgi savdo hajmini oshirishni ko'zlagan bo'lishi mumkin. Adidas kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan press-relizda yangi dizayn xususiyatlariga to'xtalib o'tilgan.

Unda qayd etilishicha, liboslardagi to'q qizil rang o'ziga xos joziba va g'alaba ruhini aks ettiradi hamda Yevropaning eng kuchli futbol jamoalari an'analarini o'zida mujassam etadi. Dizaynerlar ushbu ko'rinish jamoaga qo'shimcha ishonch bag'ishlashiga umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ikki jamoa o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda myunxenliklar 4:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'shanda «Bavariya» futbolchilari joriy mavsum uchun mo'ljallangan eski liboslarda harakat qilgan edi.

Endilikda jamoa yangilangan qiyofada umumiy hisobni o'z foydasiga o'zgartirishga va final yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish