Toni Kroos «Bavariya»ning trebl qayd etish imkoniyatlarini baholadi

0
Toni Kroos «Bavariya»ning trebl qayd etish imkoniyatlarini baholadi
Toni Kroos: «Bavariya» bu mavsumda trebl qayd etishiga ishonaman» «Bavariya» klubining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Myunxen jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchi «Bavariya»ning bir mavsumda uchta yirik musobaqada g'alaba qozonishi, ya'ni trebl qayd etishi borasidagi savolga ijobiy javob berdi. Kroosning ta'kidlashicha, jamoa ayni paytda hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan va barcha turnirlarda o'z yurishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Sobiq futbolchi so'nggi yillarda myunxenliklar Chempionlar ligasining chorak final yoki yarim final bosqichlarida to'xtab qolgani, Germaniya kubogida esa kutilmagan mag'lubiyatlarga uchraganini eslatib o'tdi. Biroq, may oyiga kelib jamoaning barcha frontlarda kurashni davom ettirayotgani amalga oshirilgan ulkan mehnat mahsulidir.

«Men bunga mutlaqo ishonaman. Germaniya chempionligi allaqachon qo'lga kiritildi.

Germaniya kubogi finalida esa ular yaqqol favorit hisoblanadi. Chempionlar ligasi yarim finalida «Bavariya» va uning raqibi imkoniyatlarini 50 ga 50 deb baholayman.

Hozirda bular Yevropaning eng kuchli ikki jamoasidir. Albatta, «Bavariya» finalga qadar yetib borishiga umid qilaman», — dedi Kroos SPORT1 nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining yarim final bosqichida «Bavariya» Frantsiyaning PSJ klubiga qarshi maydonga tushadi. Sport jamoatchiligi ushbu qarama-qarshilikni mavsumning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri sifatida kutmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari