
"Real Madrid" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madrid klubiga ishga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mun xabar berdi. Manbaning ta’kidlashicha, "qirollik klubi" kelajakda bosh murabbiylik lavozimiga Yurgen Kloppni tayinlashni rejalashtirgan.
Kroos esa o‘z hamyurtining murabbiylar shtabidan joy olishi mumkin. Qayd etilishicha, ikki mutaxassis o‘rtasida o‘zaro yaqin va ijobiy munosabatlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Madridning "Real" jamoasi joriy mavsumni Xabi Alonso qo‘l ostida boshlagan edi. Biroq natijalar qoniqarsiz bo‘lgani sababli, klub rahbariyati mavsum davomida murabbiyni almashtirishga qaror qildi va jamoaga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlandi.
Hozirgi vaqtda Madrid klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yevropa chempionlar ligasidagi ishtirokini esa chorak final bosqichida yakunlagan.
Kroosning murabbiylik faoliyatini aynan o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan "Real Madrid" jamoasida boshlashi muxlislar va ekspertlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.