"Real Madrid" Kloppni ma'lum bir shart asosida chaqiradi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Real Madrid" Kloppni ma'lum bir shart asosida chaqiradi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiy lavozimiga Yurgen Kloppni taklif qilishga qiziqish bildirmoqda, biroq muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

2024-yilda murabbiylik faoliyatiga tanaffus e'lon qilgan nemis mutaxassisi klubdagi texnik shtab rahbarligini egallashi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" Kloppga taklif bilan chiqishga tayyor, ammo buning uchun mutaxassisning o'zi tomonidan birinchi qadam tashlanishini kutmoqda.

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi futbolga qaytish istagi borligi haqida bevosita xabar berishi lozim. Ungacha "Real Madrid" rahbariyati rasmiy muzokaralarni boshlamaslik niyatida.

Ta'kidlash joizki, Yurgen Klopp 2025-yil boshidan buyon Red Bull kompaniyasining futbol bo'limi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. Sport olami vakillari va muxlislar endilikda nemis mutaxassisining Madridga ko'chib o'tish ehtimoli bor-yo'qligiga katta qiziqish bilan kuzatmoqdalar.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish