«Chelsi» hammuhissosi Liam Rosenyorni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

«Chelsi» hammuhissosi Liam Rosenyorni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
"Chelsi" klubi hammuhissosi Behdad Egbali jamoaning bosh murabbiyi Liam Rosenyorni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

So'nggi oylarda "ko'klar"ning natijalari kutilganidan past bo'lganligi sababli, ingliz mutaxassisi muxlislar va ekspertlar tomonidan tanqidga utsutulmoqda. The Athletic nashriga bergan intervyusida Egbali murabbiyning malakasi va jamoaga qo'shgan hissasi yuqori ekanligini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, Rosenyorda "Chelsi" kabi yirik klubda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha zaruriy sifatlar mavjud. Klub rahbariyati murabbiyning ish faoliyati boshlanganda ko'rsatgan natijalarni ijobiy baholadi.

"So'nggi besh-olti o'yin biz uchun ancha og'ir kechdi, biroq biz Liamni qo'llab-quvvatlaymiz. Albatta, futbol natijalarga yo'naltirilgan biznesdir, lekin biz murabbiy uzoq muddatli istiqbolda yutuqlarga erisha olishiga ishonamiz", — dedi klub hammuhissosi.

Eslatib o'tamiz, Liam Rosenyor joriy yilning yanvar oyida Entso Mareskuning o'rnini egallab, "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish