
«Arsenal» jamoasi so‘nggi vaqtlarda o‘yinlarida pasayish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, jamoa yarim himoyachisi Martin Subimendi vaziyatga ijobiy baho bermoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Futbolchi Cadena SER nashriga bergan intervyusida jamoaning hozirgi holati haqida to‘xtalib o‘tdi. Subimendining ta’kidlashicha, so‘nggi haftalar kutilganidek kechmagan bo‘lsa-da, mavsum boshidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, jamoaning hozirgi o‘rni qoniqarli hisoblanadi.
Shu bilan birga, u jamoada hali takomillashtirilishi kerak bo‘lgan jihatlar borligini, ayniqsa, hujum zonasi va maydonning oxirgi uchdan bir qismidagi harakatlarda aniqlik yetishmasligini qayd etdi. Biroq, himoya chizig‘ining mustahkamligi va ishonchliligini jamoaning asosiy ijobiy tomoni sifatida ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Arsenal» o‘z maydonida «Sporting» jamoasiga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang qayd etdi. Shunga qaramay, Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar ikki o‘yin yig‘indisi bo‘yicha (1:0) g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘llanma oldilar.
Yarim final bosqichida «kanonirlar» Madridning «Atletiko» klubi bilan ro‘baro‘ kelishadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0