
Fransiyaning sobiq milliy terma jamoasi darvozaboni, 1998-yildagi jahon chempioni Fabien Barthez firibgarlik qurboniga aylandi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sportchi noto‘g‘ri investitsiya tufayli ikki million yevro mablag‘ini yo‘qotgan. Barthez ushbu mablag‘ni Fransiyaning "Luzenak" nomli kichik futbol klubiga sarmoya kiritishga qaror qilgan edi.
Ma’lum bir bosqichda mazkur jamoa hatto Liga 2 darajasiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Sportchini moliyaviy tavakkalchilik qilishga klubning sobiq prezidenti Jerom Dyukro ko‘ndirgan.
Dyukro jamoani rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida ulkan rejalar taqdim etgan bo‘lsa-da, amalda mablag‘lar butunlay boshqa maqsadlarda sarflangan. Natijada, klubning rivoji haqidagi va’dalar asossiz bo‘lib chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda tomonlar o‘zaro da’volar yuzasidan sud maydonida bahslashmoqda. Mazkur voqea haqida derbyderbyderby.it nashri xabar bergan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0