Stiven Jerrard Garri Keynning natijalarini fenomenal deb atadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

Stiven Jerrard Garri Keynning natijalarini fenomenal deb atadi
"Liverpul" klubining sobiq sardori Stiven Jerrard Garri Keynning joriy mavsumdagi natijalaridan yuqori baho berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchi mavsum davomida 50 ta gol urganingina e'tirof etib, uning o'yinlardagi barqarorligini alohida ta'kidladi. Jerrardning fikricha, Keynning erishgan yutuqlari fenomenal darajada bo'lib, u eng nufuzli individual mukofotlardan biri hisoblangan "Oltin to'p"ga nomzod bo'lishga to'la haqli.

Sobiq ingliz yarim himoyachisi Keynning hozirgi formasi bo'yicha hatto Kylian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlardan ham ustun turganini qayd etdi. "O'ylaymanki, Garri bu natijalardan mamnun va kelajakdagi katta g'alabalar haqida orzu qilmoqda", deb ta'kidladi Jerrard BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, tajribali ingliz hujumchisi 2023-yildan buyon Myunxen klubi tarkibida faoliyat yuritmoqda va Germaniya chempionatida ham o'zining yuqori samaradorligini namoyish etib kelmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish