
"Marsel" klubining 22 yoshli yarim himoyachisi Bilal Nadir yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi klubni erkin agent maqomida tark etishi ehtimoli yuqori. Marokashlik futbolchi Habib Beyye boshchiligidagi jamoa tarkibida asosiy o‘rin tutolmayapti va faqat cheklangan vaqt davomida maydonda namoyon bo‘lmoqda.
Joriy mavsumda Nadir chempionat doirasidagi 19 ta bahsda ishtirok etdi. Shuni ta’kidlash joizki, oktyabr oyida "Anje"ga qarshi o‘yinda futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelgan va u maydonning o‘zida hushini yo‘qotgan edi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, "Marsel"da boshqa o‘zgarishlar ham kutilmoqda. Jamoa tarkibidagi Pyer-Emil Hoybyerg va Joffrey Kondogbiya ham yaqin orada klubni tark etishi mumkin.
Shuningdek, ijara asosida to‘plangan Artur Vermeren shartnoma muddati tugagach, "Laypsig" klubiga qaytadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0